22 avgust kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida «Öztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasida amalga oşirilgan islohotlar va erişilgan natijalarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
«Öztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisining örinbosari M.Boşmanov va boşqa rahbarlar iştirokida keçgan anjuman davomida Özbekistonda avtomobillarga gaz töldirişga möljallangan 475 kompressor stansiyasi faoliyat körsatayotgani hamda 2020 yilga borib ularning sonini 809taga yetkaziş rejalaştirilgani ta'kidlandi.
Davlat rahbarining 2012 yil 21 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasining 2013 yilgi investitsiya dasturi töğrisida»gi qaroriga muvofiq, kompaniya tomonidan tabiiy gaz iste'molini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini amaliyotga joriy etişga kirişildi. Loyiha dastlab poytaxtimizning Yunusobod va Toşkent viloyatining Qibray tumanlarida amalga oşirilişi közda tutilgan bölib, iste'molçilarga 108 ming 615 dona hisoblagiç örnatiladi.
2015 yilning iyun oyidan gaz ta'minoti va iste'moli böyiça ma'lumotlarni onlayn rejimda oliş imkoniyatini taqdim etadigan veb-portal işga tuşirildi. Hozirgi paytgaça tizimdan 500 ming foydalanuvçi röyxatdan ötib, öz şaxsiy kabinetini oçgan. Aholiga gaz berilişini nazorat qiliş hamda hisob-kitoblarni yurituvçi «L Gas», «Fossa» dasturlari işlab çiqilib, amaliyotga joriy qilingan.












