Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi yangi yöltanlamas kontsept-kari XCODE modelini namoyiş etdi. Krossover prototipi Moskvada iş boşlagan avtokörgazmada omma e'tiboriga havola etildi. Umuman, avtozavod uşbu motorşouga 6ta kontsept-kar, jumladan Vesta sedani va Xray xetçbekining yöltanlamas namunalarini olib kelgan.
Avtomobilsozlik kompaniyasining qayd etişiça, XCODE «Lada» dizaynerlik uslubining özgarişini namoyon etadi. Bu ilk bor XRay hamda Vesta modellarida köringan edi.

«Avtomobil konsepsiyasi bir qator istiqbolli yeçimlarni özida mujassam etgan. Turbomotor va barça ğildiraklarining yetakçilik xususiyati, maşinani smartfon yordamida boşqariş imkonini beruvçi Lada Connect telematik platformasi şular jumlasidan», — deb qayd etişgan «AvtoVAZ»da.
Hozirça kompaniya Lada XCODE modeli seriyali tarzda işlab çiqarilişi borasida rejalarini oşkor qilmagan. Biroq, «AvtoVAZ»ning boş dizayneri Stiv Mattin sözlariga köra, prototipni seriyali rusumga aylantiriş uçun örtaça 4 yil vaqt ketadi.




















