Amerikaning TMZ naşri Lindsi Loxanning Birinçi telekanaldan (Rossiya) 500 ming funt sterling, Moskvaga xususiy samolyotda parvoz qiliş va Vladimir Putin bilan uçraşişni talab qilganligi haqida ma'lumot bergandi. L!FE Loxanning Birinçi kanaldagi tok-şouda iştirok etişi uçun 19 “eksklyuziv” şartlaridan voqif qildi.
Ma'lum bölişiça, aktrisa talab qilgan pul qiymati avval ma'lum qilinganidan yuqori bölib çiqdi: Lindsi özining telekanaldagi iştirokini 650 ming funt sterlingga baholadi. Loxan özi istagan kompaniyaning xususiy “jyeti”da parvoz taşkillaştirişni, şuningdek Kreml körinib turadigan Moskvaning “Ritts-Karlton” mehmonxonasida yaşaşni talab qilgan.
Aktrisaning şartlariga köra, uni 24 soat bir neça tan soqçilari qöriqlaşi şart. Amerika OAV “yulduz”ning Putin bilan uçraşmoqçi ekanligini ma'lum qilgan edi, biroq Loxanning vakili uning bunday istak bildirmaganini aytdi.
“Şartnomada bunday bölim yöq. Lindsi Putin bilan uçraşmaydi”, - deya ma'lum qilgan aktrisaning prodyuseri Jozef Beyçor.
Eng asosiy bölimlardan biri Lindsining Moskvada bir çaqa ham ketkazmasligi haqidadir: barça xarajatlarni Birinçi kanal öz zimmasiga olişi şart. Şuningdek Loxan tok-şouda Yegor Tarabasov hamda uning ota-onasi va yigitning sobiq sevgilisi Darya Paşevkinalar mutlaqo iştirok etmasligini talab qilgan.
















