23 avgust kuni Özbekiston respublikasi prezidentining«Özbekiston qahramoni» unvonini beriş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni ÖzA saytida keltirilgan.

«Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaş, uning jahon miqyosidagi şon-şuhratini yuksaltiriş, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, işlab çiqariş va ijtimoiy sohalardagi köp yillik fidokorona mehnati hamda yoş avlodni vatanparvarlik va istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşga qöşgan katta hissasi uçun quyidagilarga «Özbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nişon — «Oltin yulduz» medali topşirilsin», — deyiladi farmonda.

Hujjatga muvofiq, quyidagilar «Özbekiston Qahramoni» unvoniga ega böldi:

Kurbanov Ravşanbek Davletoviç — «Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya markazi» aksiyadorlik jamiyati direktori;

Rajabov Şaripboy — Boğot tumanidagi «Boğot» fermer xöjaligi boşliği, Xorazm viloyati;

Ummatov Erkin Raxmanoviç — «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatining kapital quriliş direksiyasi boşliğining örinbosari — «Angren – Pop» elektrlaştirilgan temir yöl qurilişi boşliği;

Şarapova Muxabbat Arapovna — Qarşi şahridagi 2-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktab-internatining matematika fani öqituvçisi.