Kim Chen Inning e'tirof etishicha, raketa uchirilishi muvaffaqiyatli chiqdi. U bu sinovni "katta yutuq" deb atagan.

Shimoliy Koreya rahbari AQSh va uning tarafdorlarini "Koreya xalq armiyasining halokatli zarbasidan qochish uchun KXDR xavfsizligiga rahna soladigan xatti-harakatlardan voz kechish lozimligi" haqida ogohlantirdi.

Kim Chen In, shuningdek, mudofaa sanoatida ishlaydigan olimlar va texnologlarni yadroviy kallaklar tashuvchi vositalarni rivojlantirishga e'tibor qaratishga chaqirdi.

Chorshanba kuni tongida KXDR Xamgen-Namdo viloyatidagi Sinpxo port shahri yaqinida suv osti kemasidan ballistik raketa uchirdi. Raketa 500 kmlar chamasi uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.