Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Hollivud aktyori Stiven Sigalni norasmiy şaroitda qabul qildi. Bu haqida "BelTA" agentligi ma'lum qildi. 

Sigal Minskka Wargaming belarus kompaniyasi bilan World of Warships kompyuter öyinini yaratiş böyiça maslahatlaşiş uçun taşrif buyurdi. Şundan söng u Aleksandr Lukaşenkoning şahar taşqarisidagi qarorgohiga yöl oldi. 

Belarus prezidenti aktyorga esdalik uçun kitob va ziğirdan yaratilgan mato sovğa qildi. Söngra ular dalaga çiqişdi, bu yerda Lukaşenko Sigal uçun şaxsan özi sabzi tozalab berdi. 

"Yoqimli iştaha! Bu juda foydali", - dedi davlat rahbari ğamxörlik bilan. 

Lukaşenkoning öğli Nikolay mehmonga tarvuz keltirdi. Keçki ovqatga Sigalni okroşka, yoğ, karam va qöziqorinlar bilan siylaşdi.

"Belarus tabiiy taomlari amerikalik mehmonlarni befarq qoldirmadi", - deydi Lukaşenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont.