Rossiya poytaxtidagi maktab öquvçilari endi elektron bilakuzuklardan foydalanişlari mumkin böladi. Sentyabr oyidan "Ötiş va ovqat" tizimi yölga qöyilgan har bir ta'lim muassasasi öquvçilarning elektron kartalarini "Moskvenok" silikon bilakuzuklariga almaştirişga haqli. Poytaxt meriyasining saytida xabar qilinişiça, bolalar ular yordamida bino içiga kirişadi va oşxonada ovqat olişadi.
"Bilakuzuk - maktab öquvçisining elektron kartasining töliq analogi. Yangi gadjyet tufayli bolalar ta'lim muassasasi hududida turli xizmatlardan foydalana olişadi: maktabga kiriş, naqd pul bermasdan ovqat oliş", - deyiladi xabarda.
Bugungi kunda "Ötiş va ovqat" tizimi deyarli 3 ming ta'lim muassasasi binosida yölga qöyilgan. Joriy yilning bahorida yangi gadjyet uç maktabda sinovdan ötkazildi.
Braslet alyumin qisqiçli gipoallergen silikondan yasalgan va 11 xil rangda taqdim etilgan. Unda boyöğlining rasmi tasvirlangan, bu öquvçining elektron kartasi ramzi. Bundan taşqari har bir öquv muassasasi öz logotipi tuşirilgan bilakuzukni brendlaşi mumkin.
Agar öquvçi gadjyetni yöqotib qöysa, uni qayta tiklasa böladi. Bilakuzuklar ta'lim muassasasi buyurtmasiga binoan yasaladi. Biror bir maktab bilakuzukdan foydalanişdan boş tortsa, unda öquvçilar binoga kiriş uçun elektron karta yoki ijtimoiy kartani qöllaşda davom etişadi.











