Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.

Unga ko‘ra, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari, Olimpiadada bronza medal olgan Rustam To‘laganov va Murodjon Ahmadaliyev, Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Magomed Ibragimov va Ixtiyor Navro‘zov hamda Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Diyorbek O‘rozboyev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” ordeni bilan taqdirlandi.

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Ruslan Nuridinov va Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Rishod Sobirov “El-yurt hurmati” ordeni egalari bo‘lishdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Rio Olimpiadasida bronza medal olgan Tasmuradov Yelmurat esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.