Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-avgustida qabul qilgan qaroriga muvofiq, «Toşkent qişloh xöjaligi texnikasi zavodi» (sobiq TTZ) Germaniyaning CLAAS konserni bilan qöşma korxona taşkil etiluvçi 15ta zavoddan iborat röyxatga kiritilgan. 

Ma'lum bölişiça, Özbekiston tomoni va CLAAS kompaniyasi yirik qişloq xöjaligi maşinasozligi zavodiga 50 mln dollar atrofida sarmoya kiritişni rejalaştirgan, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sayti rasmiy manbalariga tayangan holda. 

Rejaga muvofiq, korxona quvvatlarini modernizatsiya qiliş bir neça bosqiçda amalga oşiriladi va 2019-yilda yakunlanadi. 

Uning 2016-2017 yillarga möljallangan birinçi bosqiçida lokalizatsiyani çuqurlaştiriş va nemis kompaniyasi texnikalari uçun butlovçi qismlarni işlab çiqariş hajmini kengaytiriş işlari amalga oşiriladi. 

Ikkinçi bosqiç 2018-2019 yillarda amalga oşirilib, quyiş sexini texnologik jihatdan qayta jihozlaş, detallarni issiq holda ştamplaş, uzatmalar qutisi ehtiyot qismlarini işlab çiqariş hamda dvigatellarni yiğiş yölga qöyiladi.

Zavodning 219 dona eskirgan uskunalarini 4,6 mlrd sömga oçiq savdolarda sotiş rejalaştirilgan. Mabodo, ular 2 oy mobaynida sotilmasa, utilizatsiya qilinadi.