Transport vaziri Ilhom Mahkamovning sözlariga köra, dastlab yerusti metro bekatlari quriladi. “Puşkin”dan “Salar” temiryöl stansiyasigaça travolator orqali yopiq ötiş yöli qilinadi. Söngra yerusti metrosi elektropoyezd yönalişi böylab harakatlanib, Akuşerlik va ginekologiya instituti tomonga burilişdan yerostiga tuşişi reja qilingan.
Toşkent metropolitenida TTZ dahasigaça yöl tortilib, 10 ta bekat quriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan tanişuv vaqtida ma’lum qildi.
Gazeta.uz'ning Transport vaziri Ilhom Mahkamovga tayanib yozişiça, “Puşkin” metro bekatidan TTZ massivigaça bölgan metro liniyasi qisman yer ustidan, qisman esa yer ostidan ötadi.
Ta’kidlanişiça, loyiha “Salar” temiryöl stansiyasidan Akuşerlik va ginekologiya institutiga qadar elektropoyezd yönalişi böylab (“Şahriobod” bekati orqali “Ekobozor”gaça) 5,5 km uzunlikdagi yerusti metrosini barpo etişni közda tutadi. Metro liniyasi avtomobil yölini kesib ötadigan 4 ta joyda tunnel quriş rejalaştirilgan.
“Puşkin” metro bekatidan “Salar” temiryöl bekatigaça travolator orqali yopiq ötiş yöli böladi. Söngra yerusti metrosi elektropoyezd yönalişi böylab harakatlanib, Akuşerlik va ginekologiya instituti tomonga buriliş joyida asta-sekin yer ostiga tuşadi. Bu birinçi yerusti metrosi böladi. Bugun biz prezidentdan loyihani batafsil işlab çiqişni boşlaş töğrisida körsatma oldik. Xalqaro maslahatçilarni jalb etamiz. Loyihalaş jarayoni 1−1,5 oy davom etadi”, — deya ma’lum qilgan vazir Gazeta.uzʼga.
Keyinçalik yerusti liniyasi “Aşxobod” boği orqali Kiçik halqa avtomobil yöli böylab “Toşkent” metro bekatigaça (Şimoliy vokzal) qöşimça 4 kmga uzaytirilişi mumkin.
Şuningdek, vazir mazkur loyiha Toşkent şahrining boş rejasini inobatga olgan holda işlab çiqilganini ta’kidlagan. Yönaliş yangi turar joy binolari va mavzelarini quriş bilan renovatsiya dasturi rejalaştirilgan hududlardan ötadi.
Umumiy uzunligi 10,8 km bölgan yangi metro liniyasida kuniga 85 ming yölovçi taşilişi, bir tomonga boriş vaqti 17 daqiqani, poyezdlar orasidagi interval esa taxminan 6 daqiqani taşkil etişi kutilmoqda.












