O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosobati bilan bir guruh madaniyat, san'at, tibbiyot va OAV vakillari mukofotlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqilligimizning 25 yilligi munosobati bilan bir guruh madaniyat, san'at, tibbiyot, OAV va ijtimoiy soha vakillarini mukofotlash haqida qaror imzoladi. Bu haqida O‘zA xabar berdi.
“Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma'naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste'dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin”, — deyiladi qaror matnida.
“O‘zbekiston Respublikasi San'at arbobi” unvoni bilan:
Faxriddinov Zayniddin Ramziyevich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, rangtasvirchi rassom
Slonim Andrey Yevseyevich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnalashtiruvchi rejissyori
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan:
Ashurova Zuhra Jo‘rayevna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Zokirova Gavhar Akmalovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Sharipov Abibulla Nagmetovich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri bosh baletmeysteri
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” unvoni bilan:
Xo‘jamberdiyev Shodmon Egamberdiyevich - Surxondaryo viloyati Sherobod tumani madaniyat va aholi dam olish markazi mutaxassisi, baxshi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan 13 san'at arbobi taqdirlandi.









