Apple kompaniyasi Facebook, Snapchat va Instagram asosida ijtimoiy tarmoqlar uçun öz dasturini yaratiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqida Bloomberg xabar berdi.

Apple xodimlarining sözlariga köra, yangi dastur foydalanuvçilarga videoroliklar yozib, ularni tahrirlaşga, turli xil filtrlarni amalga oşirişga va natijalarni boşqa foydalanuvçilar bilan baham körişga yordam beradi. 

Bloomberg naşrida qayd etilişiça, «tarmoqlarning ommaviyligidan maksimal foyda oliş» maqsadida kompaniya kuniga 30-50 daqiqa taniqli dasturlar, jumladan, Facebook, Snapchat va Instagram'da vaqtini ötkazuvçi yoş foydalanuvçilarga e'tibor qaratmoqda. Video bilan işlaş vositalaridan taşqari, dasturçilar ijtimoiy tarmoqlarning ajralmas qismi bölgan bir neça funksiyalarni ham qöşmoqda. Misol uçun, turli foydalanuvçilar örtasida aloqa qiliş imkoni.

«Ikki döst bir-birining barça matnli xabarlari, elektron poçta, videoroliklar va fotosuratlarini köriş imkoniga ega böladi», — deb qayd etiladi Apple matbuot xizmati xabarida.

Yangi dasturni AppStore'da yuklab oliş mumkin yoki «olma» gadjyetlarining kamerasida avtomatik qöşiliş orqali işga tuşadi. Kompaniya xodimlarining sözlariga köra, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar instagramdagi kabi törtburçak şaklda böladi.

Hozirça nomi ma'lum bölmagan dasturni işlab çiqariş jarayonida Final Cut Pro va iMovie kabi dasturlar işlab çiqargan jamoa iştirok etmoqda.

Yangi dastur 2017 yilda işga tuşirilişi rejalaştirilgan.