Boliviya IIV rahbari örinbosari Rodolfo Ilyanes iş taşlaş namoyişini ötkazayotgan konçilar tomonidan garovga olindi va öldirildi. Bu haqda Boliviya IIV rahbari Karlos Romero ma'lum qilgan. Ilyanes konçilar bilan muzokara ötkaziş uçun yöl olgan bir paytda garovga olingan edi.

Amaldorning ölimini mamlakat mudofaa vaziri Reymi Ferrera ham tasdiqlagan. Uning aniqlik kiritişiça, Ilyanesni ölib qolgunça kaltaklaşgan.

Ilyanesni garovga olganlar mahalliy radiostansiyaga intervyu bergan va amaldorni ozod etiş şartlari sifatida hukumat mehnat qonunçiligini özgartirişi va muzokaralar olib borişi zarurligini ilgari surişgan edi.

56 yoşli amaldorni Panduro şahrida garovga olişadi. Amaldor u yerga konçilar tomonidan tösilgan avtomagistralni ozod etişlarini sörab, yöl olgan edi.