Şu kunlarda Germaniya kansleri Angela Merkel rasmiy taşrif bilan Çexiyada bölib turibdi, deb yozadi Die Welt naşri.
Gazetaning qayd etişiça, bundan avval, Merkel çexlar orasida maşhur bölgan. Ular, Merkelni Çexiyaning sodiq ittifoqçisi deb hisoblaşgan. Xususan, bir yil muqaddam, GFR kansleriga Çexiya aholisining 70 foizi işonç bildirgan.
Biroq, Merkel özining «mehmondöstlik siyosati»ni yurita boşlagaç, uning Çexiyadagi tarafdorlari soni keskin pasayib ketdi. Ötgan hafta dam oliş kunlari ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalariga köra, atigi 18 foiz çexlar Germaniya kansleriga ijobiy yondaşuvda. Ayni çoğda, ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinni naşrning yozişiça, Rossiyadagi «salkam mö'jiza» deb ataşmoqda.
«Töğrisini aytganda, menga u xonim kerak emas. Biz Merkel xonimdan töydik. Aynan u, qoçqinlarni bu yerga taklif qildi», — deydi sörovda iştirok etganlardan biri.
Boşqalar esa, Merkel xususida berilgan savolga qöllarini silkitib qöyişmoqda. Ayrimlari, hatto qarğab ham qöyişadi, deb yozadi naşr. Bundan taşqari, Çexiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda, Merkelning taşrifi munosabati bilan norozilik namoyişlari ötkazişga çaqiriqlar yangramoqda.












