Olimlar qahva iste'moliga boğliq bölgan genni aniqlaşdi. Ma'lum bölişiça, PDSS2 geni egalari sezilarli darajada bu içimlikni kamroq içişadi. Bu yangilik haqida Scientific Reports jurnalida yozilgan.
Genetiklar Janubiy Italiyadagi kiçik qişloq aholisining 340 nafariga oid ma'lumotlarni töplaşdi. Şuningdek, mamlakat şimoli-şarqiy qismidagi oltita qişloqning 843 nafar aholisi ham sörovnomada iştirok etdi. Ularning barçasidan kuniga neça piyola qahva içişi söraldi. PDSS2 geni variantlaridan biriga ega bölgan şaxslar qolganlarga nisbatan kamroq qahva (örtaça bir piyola kam) içişgan.
Olimlar fikriça, bu gen kofein organizmda uzoq qolib ketişiga sababçi bölib, hujayralarning modda parçalaş qobiliyatini pasaytiradi. Şu sababli, bunday ta'sirga ega böliş uçun gen egalari kamroq qahva içişiga töğri keladi. Şunga öxşaş natijalar Niderlandiya aholisining 1731 kişisi tekşirilganda ham qayd etilgan.












