Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe 2018-yilgaça Afrika mamlakatlariga 30 mlrd dollar sarmoya kiritişga va'da berdi. Şundan 10 mlrd dollari infratuzilmalarni rivojlantirişga sarf etiladi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
"Fikrimça, xususiy sektordagi sarmoyalar bilan birga umumiy mablağ 30 mlrd dollarni taşkil etadi", — degan Abe, Keniya poytaxti Nayrobida bölib ötgan Afrika taraqqiyoti böyiça Xalqaro konferensiyada qilgan çiqişida.
Abe anjuman çoğida Afrika mamlakatlari yetakçilari, jumladan Keniya prezidenti Uxuru Keniata va JAR prezidenti Jyeykob Zuma bilan ham uçraşadi.
Afrika taraqqiyotiga bağişlangan mazkur konferensiya oltinçi marotaba ötkazilmoqda. Undan közlangan maqsad, Afrika mamlakatlari bilan savdoga turtki beriş va ularga yordam körsatişdir.

















