Rio Olimpiadasida erkaklar örtasida langarçöp bilan balandlikka sakraş musobaqalarida oltin medalni qölga kiritgan braziliyalik Tiago da Silva özining sobiq klubidan mukofot sifatida 1 kilogramm oltin oldi.

"Bu mukofot men uçun juda muhimdir, men faoliyatim davomida menga yordam berganlarga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Men oltin medalni menga bebaho qöllab-quvvatlov körsatgan muxlislar uçun yutdim", deb aytgan da Silva. 

22 yoşli da Silva langarçöp bilan balandlikka sakraş böyiça Braziliyaga birinçi oltin medalni keltirdi. U 6,03 metrga sakrab, şaxsiy va Olimpiada rekordini yangiladi.