Futbolni yaxşi körganimdan nolimayman, çunki millionlar öyinining taniqli mutaxassisidan intervyu olganimda u: «Futbolni tuşungan kişi öz-özidan boşqa sport turlari jozibasini ham anglab qoladi», degandi. Bekorga Olimpiadani tört yillikning eng ulkan sport musobaqasi, deya ataşmas ekan. Uşbu tadbir boşlanganidan beri dunyodagi barça narsa bir çekkaga surildi-qoldi...
Buyoqda, akang qarağayning boksçi va toş kötaradiganlari oltin va boşqa medallarni qarsillatib olib taşlaşdi. Ilgari qaçon futbol böyiça terma jamoamiz öynasa, şunaqa töpolonga guvoh bölardik.

Yoşlarni qöying, möysafid otaxonlar televizorni oldida, opalar, singillar va kayvoni onaxonlar ham seriallardan voz keçib, «Sport» telekanali şaydosiga aylangan.

Futbolçilarimizni Olimpiadaga çiqa olmaganiga xafa bölibmiz. Qarangki, hatto Braziliya safida Neymardek yulduz öynasa-da, futbol burçakda qolib ketdi. Hatto Angliya futboli 21 avgustgaça urfda bölmadi. Qarangki, futbolimizni deb asablarni buzib yurgan ekanmiz. Ön nafar boksçimiz Rioga yeng şimarib borib, deyarli barçasi medalli böldi! Boks böyiça terma jamoa murabbiyiga tasanno! Yigitlarning zör-zörlarini butun Özbekiston hududidan yiğibdi. Axir termaga öz nomi bilan terib olinadi-da. Andijondan Hasanboy, Buxorodan Şahram, Çustdan Murodjon - qisqasi, butun yurtning eng sara öğlonlari yiğilgan. Mana buni terma jamoa deydilar!

Keça bir yigit tvitter deb atalmiş matohda “Bizning özbeklar Pahlavon Mahmud, Amir Temur zamonidan beri, kuraşlarda ortga qoçmagan, yutqaziş qonimizda yöq, şuning uçun yakkakuraşlarda doim ğolib bölamiz”, deb yozibdi. Fikrida jon boru “jamoaviylikda yöğroqmiz”, degan gapi menga yoqmadi. Lekin öşa zotlar davridan buyon butun boşli qöşinni bir maqsad yölida töplab, jamoa bilan ham ne-ne yerlarni olganimiz ham bor gap!

Futbol mutasaddilari biroz hafsala qilmayaptilar, çoği. Mana endi, yurtda boks va oğir atletika tögaraklari yoşlar bilan tölib-toşadi. Negaki, kelajak avlod mana şu sport turlari orqali Vatan obrösini köklarga kötariş mumkinligini anglab yetdi-da! Olimpiadada sovrin olgan atletlar öz sohasini ommaga zör reklama qildi-qöydi.

Ruslanning volidasi bilan bölgan suhbatda onaizor şunday degandi: “Ötgan yili Ruslan jarohat oldi. Unga «Böldi, öğlim, mana şu oğir atletikangni yiğiştir! Soğliğing kerak», dedim. Lekin, u: «Ön beş yil borimni berib şuğullanib, Özbekistonga Olimpiada medalini olib berişni orzu qilganman. Maqsadimdan qaytarmang, onajon», degandi.

Nurudinov qaysar toşni böysundirib, yurtim bayroğini öpganida, yiğlamagan odam qolmadi hisob. Olimpiada bahslarini körib tuşundik, sportçi, eng avvalo, vatanparvar bölişi kerak ekan.