Inson yuzining köplab xususiyatlari — masalan, burun hajmi va yuz kengligi — muayyan genetik variantlarni taqozo etadi. Bu haqida PLOS Genetics jurnali xabar berdi.

Yuz xususiyatlari va genetika örtasidagi aloqalarni tasvirlab beruvçi aniq tadqiqotlar yetarli emas  — juda kam olimlarga muayyan gen va taşqi köriniş funksiyalari örtasidagi aniq boğliqlikni oçib beriş nasib etgan. Maqola mualliflari uşbu muammoni hal etiş töliq genli qidiruv birlaşmasini ötkazişdi. Bu tadqiqot 3118 nafar soğlom yevropalikning 20 xil yuz xususiyatlari va millionta birnukleotidli polimorfizmlar örtasida ötkazilgan.

Olimlar bir neça yuz xususiyatlariga javobgar bölgan genlarni aniqlaşdi. Şunday qilib, burun uzunligi CHD8 va ZNF219, kengligi — PAX1, yuz kengligi — RAX9, MIPOL1 va MAFB, közlar oraliğidagi masofa — HDAC8, GNAI3 va ALX3 genlariga boğliq ekani aniqlandi. Yaqin kelajakda tadqiqotçilar oğiz yoriği va lab yoriği kabi rivojlaniş anomaliyasiga olib keluvçi xavfli genetik omillarni aniqlaşni maqsad qilgan.