Moskvada bölib ötayotgan xalqaro avtokörgazma (MMAS-2016) doirasida KAMAZ avtokonserni konstruktorlari kelajakda jamoat transportlari örnini bosişi mumkin bölgan muqobil mikroavtobuslarini namoyiş etdi. 

Umuman, mazkur transport vositasi özida töliq ekotizimni mujassam etgan. Mikroavtobuslarning e'tiborli jihati, ular avvaldan belgilangan yönalişda qatnamasligidir. Gap şundaki, uning yönalişi yölovçilar talabidan kelib çiqib belgilanadi. 

Xususan, mijoz mobil ilova orqali özi turgan joy va boradigan manzilini kiritsa, bulutli xizmat uning yaqinidagi kişilarni töplab, şu yerga mikroavtobusni jönatadi. Bundan taşqari, buyurtma çoğida, yölovçi Şatldan qanday tartibda: taksi yoki jamoat transporti sifatida foydalanmoqçi bölganiga ham oydinlik kiritsa bas. 

Sinov işlari muvaffaqiyatli yakunlansa, yirik şaharlarda şu kabi mikroavtobuslar tarmoqlari barpo etiladi.