Rossiyaning “KAMAZ” kompaniyasi savdosi ölib borayotgani munosabati bilan 4 kunlik iş haftasiga ötişga majbur. Kompaniya şu yilning 1 avgustidan e’tiboran uşbu rejimga ötişini e’lon qildi.
2025 yilning birinçi yarmida Rossiya yuk maşinalari bozori deyarli 60 foizga qisqardi. Şu bilan birga, davlat mudofaa buyurtmasini hisobga olmaganda, avtomobil işlab çiqaruvçi korxonaning öz savdolari qariyb 30 foizga pasaygan.
Kompaniya buning sabablaridan biri sifatida Markaziy bankning pul-kredit siyosatini körsatadi, bu nafaqat transport va boşqa kompaniyalarni kredit va lizing dasturlari böyiça yangi texnika sotib oliş imkoniyatidan mahrum qildi, balki 2024 yilda olingan texnikani lizing beruvçiga qaytarişga majbur qildi.
Ikkinçi sabab — barça başoratlarga qaramay, 2024 yilda Rossiyaga “haddan taşqari köp” miqdorda çet el texnikasini olib kirgan importçilarning “uzoqni köra bilmaslik siyosati”dir.
“KAMAZ” kompaniyasining baholaşiça, bunday korxonalarning omborlarida “xaridor topa olmayotgan” 30 mingdan ortiq yuk maşinasi saqlanib turibdi.
Avvalroq “AvtoVAZ” ham 2025 yil 22 iyulda “avtomobil bozoridagi tendensiyalar” — yuqori foiz stavkasi, qat’iy tartibga soliş va çet ellik işlab çiqaruvçilarning narxlarni pasaytirişi tufayli tört kunlik iş haftasiga ötişni körib çiqiş rejalari haqida ma’lum qilgandi.
Şundan söng Gorkiy avtomobil zavodi tijorat transporti bozorining pasayişi sababli 2025 yil avgust oyida tört kunlik iş haftasiga ötişga qaror qildi.
Rossiyada tuğiliş darajasini oşiriş uçun ham davlat böylab tört kunlik iş haftasini joriy qiliş muhokamada.

















