Namangan viloyati kardiologiya markazida yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlaş va davolaş samarali yölga qöyilgan. 5 milliard 600 million söm mablağ evaziga qad rostlagan markazning uç qavatli yangi binosi 1 million dollarlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bu murakkab jarrohlik amaliyotlarini şu yerning özida bajariş imkonini bermoqda. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Ötgan yili markazda 842 bemorda koronarografiya, 380 nafarida koronar arteriyalarini stentlaş muolajalari bajarilgan bölsa, joriy yilning ötgan davrida 200 dan ziyod yurtdoşimizda bunday jarrohlik amaliyotlari amalga oşirildi.

Markazning poliklinika va funksional diagnostika, qabulxona, klinik-diagnostik laboratoriya, 20 örinli kardiojarrohlik, 10 örinli rentgen endovaskulyar jarrohligi, 50 bemorga möljallangan  kardiotserebral patalogiya va reabilitatsiya, 16 örinli kardioreanimatsiya, anesteziologiya, har biri 30 öringa möljallangan yurak aritmiyasi, arterial gipertoniya, yurak işemik kasalliklari, uçta zalga ega jarrohlik bölimlari, sun'iy qon aylaniş laboratoriyasi, reanimatsiya va intensiv terapiya bölimlari zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan.