Harvard universiteti devorlarida quvvatlaş vositasi, elektrodvigatel, batareyka va akkumulyatorlarsiz işlaydigan birinçi robotni yaratişdi. Octobot nomli yumşoq robot tanasining bir qismi kimyoviy ta'sir natijasida silikonli hujayra içiga töplanuvçi böşatilgan gaz yordamida harakatga kirişadi. Robotning taşqi körinişi sakkizoyoqni yodga soladi.
Octobot tanasi silikonga plastina zarraçalari qöşilişidan 3D printerda yaratilgan. Robot içida vodorod peroksidi bilan töla bölgan markaziy kamera mavjud. Octobot’ning arteriya kanallari orqali ötuvçi suyuqlik platina bilan reaksiyaga kirişadi va natijada suv va gazga öxşaş kislorod hosil böladi. Öz navbatida, gaz kameraga havo bosimi yuborib, sakkiz oyoqli robotni harakatlanişga majbur qiladi. Endilikda olimlar mazkur robotga emaklaş va suzişni örgatişni maqsad qilişgan.












