Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 nafar generalni öz lavozimidan böşatdi.
Ta'kidlanişiça, Putin Rossiya Tergov qömitasining ikki generali – Tergov qömitasi faoliyatini ta'minlaş boş boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari Vitaliy Frolov va korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida protsessual nazorat boş boşqarmasi boşliği örinbosari Dmitriy Şerşakovni öz lavozimidan ozod etiş haqidagi farmonni imzoladi.
Bundan taşqari, Boşqordiston içki işlar vaziri örinbosari Vyaçeslav Andreyev, Krasnoyarsk ölkasi böyiça içki işlar boş boşqarmasi boşliği Vadim Antonov, Rossiya içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği örinbosari Vasiliy Bikadorov, Orenburg viloyati fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş işlari boş boşqarmasi boşliği Pyotr Ivanov, Rossiya içki işlar vazirligi taşqi qöriqlaş boş boşqarmasi boşliği örinbosari Aleksey Lauşkin, Tambov viloyati tergov boşqarmasi boşliği Aleksandr Tiskovskiy öz lavozimidan çetlatildi.












