General Dynamics Electric Boat kemasozlik korxonasi AQŞ Harbiy dengiz kuçlariga 2,7 mlrd dollarlik atom suvosti kemasini taqdim etdi. Bu haqda Assoşieyted Press xabar bergan.
Agentlik ma'lumotiga köra, submarina tayyor bölişi uçun deyarli 5,5 yil muddat sarflangan. Unga mamlakat prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mişel Obama tuğilgan ştat şarafiga USS Illinois nomi qöyiladi.
Birinçi xonim suvosti kemasi işini va uning ekipaji hayotini kuzatiş uçun taşrif buyurişi kutilmoqda.
Submarinaning suvga tuşirilişi marosimi Konnektikut ştatidagi Groton şahrida 29 oktabr kuni bölib ötadi.













