AQŞning Ğarbiy Virjiniya ştatidagi kimyoviy korxonada suyuq xlor taşqariga oqib ketdi. Voqea oqibatida 2 kişi jarohat oldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, voqea Proktor şahri yaqinidagi Marşal okrugida yuz bergan. Bir neça aholi punkti evakuatsiya qilinişi e'lon qilingan. Şuningdek, yaqin atrofdagi yöllar yopilgan.

"Marşal okrugidagi Axiall kimyoviy korxonasida vagon sisternadan suyuq xlor oqib ketgan", deyilmoqda xabarda.

Kimyoviy moddaning çiqib ketişi oqibatida zavod ustida zaharli bulut hosil bölgan va u janubga tomon yönalmoqda.

Voqea oqibatida 2 işçi jarohat olgan, ular şifoxonalarga yetkazilganlar.