Indoneziyaning Riau viloyatida 27 avgust kuni 30ta örmon yonğinlari öçoği qayd etildi. Bu haqda Straits Times xabar bergan.
Indoneziya aeronavtika va kosmos milliy instituti (LAPAN) ma'lumotiga köra, mamlakat ğarbidagi Riau viloyatining katta hududini örmon yonğinlari qamramoqda.
Bundan oldingi xabarlarda yonğinlar qöşni Singapur aholisiga ham ta'sir körsatayotgani aytilgandi.
Ayni vaqtda jami 5ta viloyatda - Jambi, Ğarbiy Kalimantan, Riau, Janubiy Sumatra va Janubiy Kalimantan viloyatlarida kuçli örmon yonğinlari tufayli trevoga e'lon qilingan.
Riau viloyatining özida yonğinga qarşi kuraş işlariga 7,2 ming kişi jalb etilgan. Sumatra va Kalimantanda öt öçiriş işlarida 17ta vertolyot va samolyot iştirok etmoqda.












