Şotlandiyaning Glazgo şahridagi aeroportda United Airlines aviakompaniyasining 2 uçuvçisi mast holatda parvozga çiqmoqçi bölganida politsiya tomonidan qölga olingan.
The Mirror naşri xabarida keltirilişiça, bu uçuvçilar AQŞning Nyuark şahriga uçadigan samolyotni boşqarişmoqçi edi.
"Biz 35 va 45 yoşlardagi 2 kişini qölga olingani, ular ayni vaqtda transport xavfsizligi böyiça qonunlarni buzgani uçun nazorat ostida saqlanayotganini tasdiqlaymiz", deyilgan Glazgo politsiyasining rasmiy ma'lumotida.
Bu hodisa tufayli mahalliy vaqt bilan 27 avgust kuni soat 21:00ga belgilangan reys 28 avgust kuni soat 6:30ga köçirilgan.












