Turkiya Germaniya hukumatiga nemis deputatlari «Injirlik» harbiy bazasiga taşrif buyurişni rejalaştirgani munosabati bilan ultimatum qöydi.

Rasmiy Anqara Germaniya parlamenti delegatsiyasiga uşbu bazaga taşrifini taqiqlagan edi.

Suriyadagi IŞIDga qarşi kuraşayotgan nemis harbiylari mazkur bazadan foydalanadi.

Germaniyadagi Der Spiegel naşri ma'lumotiga köra, turklar tomoni, agar Germaniya hukumati bundestagning Usmoniylar imperiyasi davrida armanilar genotsid qilingani tan olingani töğrisidagi rezolyutsiyani bekor qilsa, nemis deputatlariga ruxsat berişga tayyor.

Naşr xabarida Germaniya TIV vaziyatni hal etişning boşqa yölini qidirişi aytilgan.

2 iyun kuni Bundestag deputatlari 1915 yilda Usmonli saltanatida armanilarning deportatsiya qilinişini genotsid deb tan oliş yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi.

Turkiya bu boradagi ayblovlarni doimiy ravişda inkor etib keladi. 
Arman genotsidi faktini köplab nufuzli mamlakatlar, Rossiya, Polşa, Fransiya, Yevroparlament va Butun dunyo çerkovlar kengaşi ham tan olgan.

Ma'lumot uçun, 1915 yilda Usmonli saltanatida, turli baholarga köra, 600 mingdan 1,5 milliongaça armani halok bölgan. Turkiya yuz minglab insonlar halok bölganini tan oladi, ammo buning «genotsid» atamasi bilan ta'riflanişiga qarşi çiqadi. Öz navbatida, turk tarixçilari armanilarning qurolli guruhlari ön minglab musulmonlarni qirğin qilganini ta'kidlab keladi.