Ukraina prezidenti devonining maslahatçisi Mixail Podolyak Ukraina Rossiya bilan tinçlik muzokaralarini olib bormasligini aytdi. Uning sözlariga köra, Ukraina rasmiylari Rossiya tomoniga ultimatum qöyişni rejalaştirmoqda.

«Heç qanday muzokaralar bölmaydi. Rossiyaga eng yuqori darajada ultimatum talablari qöyiladi va Rossiya ularni qabul qiladi», dedi Podolyak.

U bu holat uruşning obektiv rivojlanişi ekanini qöşimça qildi.

«Bu katta, keng kölamli, şiddatli, qiyin, qonli uruş. Barça resurslar jalb qilingan. Ğarblik hamkorlarimiz esa muhokamalarga qaramay, bundan ham köproq resurslarni jalb qiladi», dedi Podolyak.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Mixail Podolyakning bayonotlarini izohlar ekan, «Rossiya heç qaçon ultimatum yoki şantajga böysunmagan», dedi.

«Qiliç yoki granata bilan kelganlarning hammasi haydab yuborilgan», deb yozdi Zaxarova.

23 dekabr kuni The New York Times Rossiya va Ğarb rasmiylariga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin vositaçilar orqali Ukrainada yangi hududlarni saqlab qolişi şarti bilan öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarni boşlaşga tayyorligini bildirayotgani haqida xabar berdi.

14 dekabr kuni «Yil yakunlari» çoğida Vladimir Putin: «Öz maqsadlarimizga erişganimizda tinçlik böladi», dedi.

Şu bilan birga, Oliy Radadagi «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya Ukraina siyosiy va harbiy rahbariyati muzokaralardagi yomon pozitsiya tufayli Rossiya bilan jangovar harakatlarni davom ettiriş tarafdori ekanini aytdi.