“Janubiy Koreya hukumati öz pozitsiyasida qolsa, biz buni ular öz inşootlarini olib çiqişdan boş tortmoqdalar, deb hisoblab, uşbu obektlarni demontaj qiliş böyiça qat'iy çoralar köramiz”, deyilgan ultimatumda.
 
Şimoliy Koreya öz pozitsiyasini Janubiy Koreyaning obektlari ön yil davomida e'tiborsiz qoldirilgani va taşlab qöyilgani bilan asoslagan.
 
“Biz toğning egalari sifatida millatimiz va kelajak avlodlar oldida javobgarmiz va Kimgansan toğlarini öz ixtiyorimizga köra dunyo taniydigan madaniy-turistik zonaga aylantiramiz”, deb ta'kidlab ötilgan Pxenyanda. 

Kimgansan madaniy-turistik majmuasi

Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In oktyabrda Pxenyan Janubiy Koreya bilan Kimgansan toğlarida turistik majmuani rivojlantiriş böyiça loyihadan voz keçib, özi mustaqil işlar olib borişini ma'lum qilgan.

Şimoliy va Janubiy Koreya örtasidagi uşbu turistik loyiha ikki davlatning iqtisodiy hamkorligi ramzi sifatida 1998 yilda boşlangan. Janubiy Koreya kompaniyalari uşbu hududda mehmonxonalar va sayyohlik infratuzilmasini qurişga 680 mln dollar kiritişgan.  

2008 yilda uşbu hududda janubiy koreyalik ayol sayyoh öldirilgandan keyin Seul uşbu zonada hamkorlikni noma'lum muddatga töxtatişga qaror qilib, u yerga sayohatlarni taşkillaştirişni töxtatgan.

Kimgansan Şimoliy Koreyadagi toğli hudud bölib, Koreya yarimorolining şarqida joylaşgan va Şimoliy Koreyaning eng çiroyli joylaridan biri hisoblanadi.