Ukraina taşqi işlar vazirligi Rossiyadan Ukraina çegarasi va Qrimdagi harakatlari böyiça batafsil izoh berişni talab qildi. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Twitter sahifasida ma’lum qildi.

«Vena hujjatiga köra, Rossiya harbiy harakatlarining maqsadi, aniq örni va yakunlaniş muddati hamda harbiylari va texnikalari soni haqida batafsil ma’lumot taqdim etişi şart», — deyiladi xabarda.

Kulebaning qöşimça qilişiça, Rossiyada javob taqdim etiş uçun 24 soat vaqt bor.

«Javob qaytarilmasa yoki yetarliça ma’lumot taqdim etilmasa, Ukraina Rossiya va Vena hujjatining boşqa iştirokçilariga favqulodda uçraşuv çaqiriş töğrisida murojaat qiladi, unda Rossiya tuşuntiriş beradi», — deya qöşimça qildi.

Vazirning ta’kidlaşiça, Ukraina «barça diplomatik imkoniyatlardan» foydalangan holda öz xavfsizligini ta’minlaydi.