Özbekiston hamda Suriya terma jamoalari örtasidagi JÇ-2018 3-saralaş bosqiçi 1-turidan örin olgan uçraşuv çiptalari sotuvga çiqarildi.
Mazkur öyin uçun çiqarilgan çiptalarni uçraşuv bölib ötadigan "Bunyodkor" stadioniga qaraşli kassalardan xarid qiliş mumkin. Öyinga çiqarilgan çiptalar 3 toifada bölib, 1-toifa çiptala narhi 20 ming, 2-toifa çiptalar narhi 25 ming hamda CIP toifasidani çiptalar narhi 40 ming söm qilib belgilangan. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar berdi.
Eslatib ötamiz, JÇ-2018 3-saralaş bosqiçi A guruhi 1-turidan örin olgan Özbekiston hamda Suriya terma jamoalari örtasidagi öyin 1 sentabr kuni Toşkentdagi "Bunyodkor" stadionida bölib ötadi. Uçraşuv soat 20:00da boşlanadi.












