Venesuelaning sobiq prezidenti Ugo Çavesning hayoti haqida film suratga olinadi. Bu haqda uning izdoşi Nikolas Maduro ma'lum qilgan.

"Biz transmilliy korporatsiyalar Ugo Çavesning qiyofasini buzib körsatişni istamaymiz", deya Maduroning sözlarini keltiradi TASS agentligi.

U bu orqali ayni vaqtda Çaves haqida serial işlayotgan amerikaliklarning Sony kinokompaniyasiga javob qaytarilişini qöşimça qilgan. Sony tomonidan işlanayotgan filmda Çaves rolini kolumbiyalik aktyor Andres Parra ijro etmoqda. U bundan oldinroq narkobaron Pablo Eskobar obrazini gavdalantirgandi.

Venesuelalik kinoijodkorlar "bolivar revolyutsiyasi"ni jonlantirişmoqçi va bunda Çaves bilan taniş bölgan kişilarning xotiralaridan, şuningdek, ispaniyalik siyosatşunos va jurnalist Ignasio Ramonetaning "Ugo Çaves. Mening birinçi hayotim" nomli kitobidan foydalanişmoqçi. Unda muallif va siyosatçining jami 200 soatlik suhbatlari örin olgan. Siyosatçi suhbatlarda öz bolaligi va yoşlik çoğlarini eslagan.

Stsenariynavis Luis Brito Garsiya hamkorligidagi uşbu filmga Roman Çalbaud rejissyorlik qiladi.