27 avgust kuni islom jangarilarining Filippin janubidagi qamoqxonaga uyuştirgan hujumi natijasida 23 nafar mahbus qoçişga ulgurgan. Bu haqida qamoqxona nazoratçisi Akmad Tabao ma'lum qildi.
“Dastlab politsiya 28 nafar mahbusning qoçganligi haqida xabar qilgandi, ammo Tabao bu raqamga aniqlik kiritdi”, - deb yozadi Singapurning yetakçi naşri bölgan Straits Times.
Bundan avval “Maute” filippin guruhining taxminan 50 nafar qurollangan jangçisi Maravi şahridagi qamoqxona hududiga bostirib kirişgan va bir hafta ilgari qölga olingan 8 nafar şeriklarini ozod qilişgan.
Manbaga köra, xavfli jinoyatçilar qamoqxonasida saqlanuvçi yana 15 nafar mahbus bu fursatdan foydalanib, qoçib qolgan.
Bu filippin qamoqxonalarida taşkillaştirilgan birinçi ommaviy qoçiş emas. 2009 yilda yuzdan ortiq qurollangan jangarilar Basilan orolining janubidagi qamoqxonaga hujum uyuştirişgan va 31 nafar mahbusni ozod qilişgan.












