Jahon | 16:16 / 29.08.2016
5272
1 daqiqa o‘qiladi
Los-Anjyeles aeroportida otishma haqidagi xabardan keyin Zorro qiyofasidagi shaxs qo‘lga olindi
AQShning Los-Anjyeles aeroporti politsiya boshqarmasi aeroport hududida otishma ro‘y bergani haqidagi xabarni rad etdi va tekshiruv vaqtida mashhur kinoqahramon Zorro libosidagi shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda aeroport ma'muriyati ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq aeroportning asosiy terminaliga kirish va undan chiqish ichkaridan o‘q tovushlari eshitilgani haqidagi ma'lumot tufayli to‘sib qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Xavf haqida xabar e'lon qilindi, tekshiruv o‘tkazildi. Natijada, politsiya hech qanday o‘q tovushlari va xavfsizlikka tahdid bo‘lmaganini aniqladi.
"Zorro" va bu xavf haqidagi xabar o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
21:10 / 25.09.2024
Los-Anjyelesda avtobus yo‘lovchilari garovga olindi
15:50 / 17.06.2024
Los-Anjyelesda yong‘in tufayli 1200 kishi evakuatsiya qilindi
09:48 / 13.09.2022
Los-Anjyelesda Emmy mukofotlari topshirildi
10:59 / 01.03.2021