Meksikalik taniqli bastakor va qöşiqçi Xuan Gabriel 67 yoşida öz vatanida hayotdan köz yumdi. Bu haqida mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto özining tvitterida ma'lum qildi. 

“Mamlakatimizning eng buyuk bastakorlaridan biri Xuan Gabrielning ölimidan çuqur qayğudaman. Uning oilasi va döstlariga öz hamdardligimni bildiraman”, - deb yozdi Meksika prezidenti.

Ölim sabablariga oydinlik kiritilmagan. 

Xuan Gabriel 1950 yilning 7 yanvarida Meksikaning Parakuaro munitsipalitetida dunyoga kelgan. U 11 marta Gremmi mukofoti nomzodi va köplab boşqa mukofotlar sovrindori bölgan. Hollivudning Şon-şuhrat xiyobonida uning nomidagi yulduz bor.