Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat prezidenti Islom Karimov statsionar davolanişda ekanini ma'lum qilganidan keyin xalq öz yurtboşiga soğliq tilab, duo qilmoqda.
Şuningdek, san'atkorlar va sportçilar ijtimoiy tarmoqlar orqali prezidentga soğlik tilamoqda va vaziyat haqida yolğon ma'lumotlar tarqatayotgan xorij naşrlariga işonmaslikka çaqirmoqda.


Xususan, Rio Olimpiadasida sovrindor bölib qaytgan boksçilar qöşiqçi Jahongir Poziljonov bilan birgalikda videomurojaat yöllaşgan.
Bundan taşqari, xabarlar ostida fikr qoldirayotgan barça internet foydalanuvçilari prezidentni qöllab-quvvatlab, unga soğlik-salomatlik söramoqda.
"Oilamiz duoda, xalqimiz duoda. Alloh yurtboşimizga şifoyi komil ato etib bizga boş bölib, birgalikda dunyoning eng rivojlangan qatoriga kirgizişga nasib aylasin ilohim. Hali bizni yanada buyuk marralarimiz sari boşlab borişadi inşaolloh!!!", deydi feysbuk ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilaridan biri.
"Umrlari uzoq bölsin. Hammasi yaxşi böladi, Xudo xohlasa. Duodamiz", deya yozgan tvitter foydalanuvçisi.
"Özbekistonimiz va xalqimiz uçun qadrdon inson faqat soğ-omon yurişlarini istaymiz. Nasib etsa, 100 yoşga yetganlarida ham köksimiz toğday bölib faxrlanib yuraylik. Mana şunday dorilomon kunlarga yetiş uçun yurtboşimiz tunlarni bedor ötkazib, biz uçun, millat taqdiri uçun tinim bilmasdan qilgan mehnatlarini tarix ham, avlodlar ham unutmaydi. U kişini Istiqlolimizning 25 yilligi bilan oilamiz nomidan qutlab, faqat tezroq tuzalib ketişlarini istab qolamiz!", deya fikr qoldirilgan xabarlardan biriga.
"Ilohim, prezidentimiz mingga kirsinlar, u kişiga soğlik, kuç-quvvat tilaymiz!", — deb yozadi boşqa bir foydalanuvçi.












