Bolgariya janubidagi qoçqinlar lagerida 800 ga yaqin muhojir ommaviy muştlaşuv uyuştirdi. Betartibliklar tungi payt afğonlar va iroqliklar örtasida çiqdi. Bu haqda Novinite agentligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ta'kidlanişiça, muştlaşuv oqibatida 3 kişi jarohat oldi. Muştlaşuvdan keyin lagerga 50 nafar politsiyaçi kelgan, ular bu yerdagi tartibni nazorat qiladilar. 

Avvalroq Bolgariya hukumati qoçqinlar lagerini kengaytirişga qaror qilgani ma'lum qilingandi, yaqin orada u 3 mingga yaqin muhojirni qabul qilişi mumkin.