Xitoy politsiyasi 11 nafar ayolni zörlaş va öldirişda gumon qilingan erkakni uşladi. Bu haqda 29 avgustda ma'lum qilindi.
Gao Çen-yun ismli erkak rafiqasi bilan birga egalik qilgan dökonida uşlangan. Ikki farzandning 52 yoşli otasi 1988 yildan 2002 yilgaça amalga oşirgan qotilliklarini böyniga oldi.
Huquq-tartibot muassasalari xodimlarining aytişiça, Xitoyda Jyek-jallod deb atalgan qotilning qurbonlari asosan qizil rangli kiyimda bölgan yolğiz ayollar bölgan. U qurbonlari ortidan uylarigaça kuzatib, ularni zörlab öldirgan.
Qotilning eng yoş qurboni 8 yoşli qizça bölgan.
Xitoylik birinçi qotillikni 1988 yil may oyida sodir etgan. U 23 yoşli ayolga piçoq bilan 26 ta jarohat yetkazgan. Qotil nima uçun 2002 yilda özining mudhiş işlarini yakunlaganiga hozirça tuşuntiriş yöq.
Qotil haqida ma'lumot uçun hukumat 30 ming dollar mukofot e'lon qilgandi. Biroq bu pullar heç kimga tegmagan, çunki qotilning şaxsi mayda öğirlik uçun hibsga olingan uning amakasidan olingan DNK namunasi tufayli örnatilgan.
Jyek-jallod Angliyada 1888 yillarda köplab qotilliklarni amalga oşirgan qotilning taxallusi bölgan.












