8K formatidagi teleradioeşittirişlarning paydo bölişi muqarrar tarzda ommaviy iste'molçilar uçun tegişli panellar işlab çiqarilişiga sabab böladi. Bu yangi qurilmaning narxi misli körinmagan qiymatda bölsa ham, unga mos keluvçi kanal faqatgina Yaponiyada bir dona bölsada, işlab çiqaruvçilar yangi televizorlarning talabgir bölişiga işonç bildirişmoqda.

Tayvanning Innolux kompaniyasi öz içki bozoriga 7680×4320 pikselli (8K) 65 dyuymga ega panellarning kiçik qismini çiqara boşladi.  Ularning ortidan törtinçi mavsumda AU Optronics (AUO) ham yangi ekranli televizorlarni ommaviy işlab çiqara boşlaydi. Har ikkala kompaniya ham Touch Taiwan 2016 körgazmasida öz mahsulotlarini namoyiş qiladi.

Biroq 8K panellarni işlab çiqariş bilan birgina Tayvan şuğullanmayapti. Qöşni mamlakatlarda yaponiyalik va janubiy koreyalik kompaniyalar, jumladan, LG Display ham 2016 yilning sönggi oylarida 65 va 98 dyuym ölçamidagi yangi displeylarni taqdim etişni rejalaştirgan. Umuman olganda, tahlilçilar fikriça, 2018 yilning oxiriga kelib, 8K televizorlari bozorning köp qismini emas, bir neça foizinigina qamrab olişi mumkin