Prezident qaroriga binoan 4 sentabr yakşanba dam oliş kuni 2 sentabr juma kuniga köçirilgani haqida xabar berilgan edi. Bu qaror tufayli köpçilikda yangi öquv yilining ilk kuni qaçon bölişi borasida savollar tuğilmoqda edi. Huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev öz saytida bu savollarga aniqlik kiritdi.
"Oliy ta'lim muassasalarida yangi 2016/2017 öquv yili 4 sentabr, yakşanba kunidan boşlanadi. Bu haqida 28 avgust kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi barça OTM rektorlari va filiallar direktorlariga yöllagan №87-04-1393-sonli xatda ma'lum qilingan", degan mutaxassis.
Şuningdek, maktablar, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ham yangi öquv yilining dastlabki kuni 4 sentabr, yakşanba kuni etib belgilandi.
Maktabgaça ta'lim muassasalarida ham 1, 2 va 3 sentabr kunlari dam oliş kuni böladi va 4 sentabr, ya'ni yakşanba kunidan ota-onalar öz farzandlarini boğçalarga olib borişlari mumkin böladi.
Işçilar borasida esa, mazkur qaror 5 kunlik iş haftasiga ham, 6 kunlik iş haftasiga ham taalluqli.
5 kunlik iş haftasida, ya'ni şanba rasman dam oliş kuni bölgan taşkilot xodimlari 1, 2, 3 sentabr kunlari dam olişadi va 4 sentabr, ya'ni yakşanba kuni işga çiqişadi.
6 kunlik iş haftasida, ya'ni şanba kuni rasman iş kuni bölgan taşkilot xodimlari 1 va 2 sentabr kuni dam olişadi, 3 va 4 sentabr kunlari odatdagidek işga çiqişadi.

















