Özbekistonda 31 avgust, çorşanba kuni yoğingarçilik kutilmaydi, faqat ayrim hududlarda şamolning tezligi kuçayişi mumkin.
«Özgidromet» markazi tomonidan xabar qilinişiça, 31 avgustga ötar keçasi Özbekistonning toğli hududlarida +10…+15 daraja, Toşkent şahrida +16…+18 daraja, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida +21 darajagaça, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +22 darajagaça iliq böladi.
Çorşanba kuni kunduzi mamlakatning toğli joylarida havo harorati +22…+27 daraja iliq, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida +27…+32 daraja, Farğona vodiysi viloyatlari va Toşkent şahrida +36 daraja, Buxoro, Navoiy, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +37 darajagaça, Qaşqadaryo va Surxondaryoda +38 darajagaça issiq bölişi kutilmoqda.
31 avgustga ötar keçasi va 31 avgust kuni Özbekiston hududida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida şamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgaça kuçayişi mumkin.












