Sport | 10:56 / 31.08.2016
4224
1 daqiqa o‘qiladi

Aguero o‘yin vaqtida «Vest Hem» himoyachisini urgani uchun diskvalifikatsiya qilinadi

Anglii futbol assotsiatsiyasi tomonidan«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Agueroga «Vest Hem» (3:1) klubiga qarshi o‘yin vaqtida raqib futbolchisiga tirsagi bilan qasddan zarba berish aybi qo‘yildi.

O‘yin vaqtida u raqibning yangi zelandiyalik himoyachisi Uinston Ridni tirsagi bilan urgandi.

«Serxio Aguero qo‘pol harakat qilganlikda ayblandi. Uning harakatini bosh hakam payqamay qoldi. Ammo bu vaziyat videolavhalarda ochiq ko‘rinmoqda. Yaqin vaqt ichida Futbol assotsiatsiyasi futbolchini jazolash haqidagi qarorini e'lon qiladi», deyilgan «Manchester Siti» saytida.

BBC Sport xabariga ko‘ra futbolchi 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi. Agar bu sodir bo‘lsa, Aguero jamoasiga  «Manchester Yunayted», «Bornmut» va «Suonsi» jamoalariga qarshi o‘yinlarda yordam bera olmaydi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid