Xalqaro pul ötkazmalari tizimi SWIFT rahbariyati xakerlarning tizim mijozlari bölgan banklarga hujum qilayotgani haqida xabar qilmoqda, deb yozgan Reuters agentligi.

SWIFT vakillarining mijozlariga yöllagan xususiy maktublarda ma'lum qilişlariça, xakerlar şu yilning iyun oyidan buyon banklarning mablağlarini öğirlaşga urinişmoqda. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatli amalga oşirilgan. Xabar qilinişiça, tizim buzilgan va doimiy ravişda tahdidga uçramoqda. Şunga qaramay, öğirlangan mablağ va hujumdan zarar körgan banklarga oydinlik kiritilmagan. 

Maktubda yozilişiça, xakerlar, tizimdagi nuqsondan foydalanib, uning yordamida pul ötkazmalarini amalga oşirişi böyiça ayyorona sörovlar yuborişgan. SWIFT şuningdek, Bangladeş Markaziy bankidan katta miqdorda mablağ ömarilgaç, banklarni kiberxavfsizlikni oşirişga çaqirgan. 

Teglar: