Xitoy 5751 metrlik çuqurlikkaça tuşa oladigan yangi Haiyi-7000 milliy avtonom boşqaruvçisiz suvosti qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.
Manbaga köra, sinovlar Mariana handaqi hududida ötkazilgan. Xitoy olimlarining yangi işlanmasi XXR Xalq ozodlik armiyasini qiziqtirişi mumkin.
“Biz yanada çuqurroq tuşişimiz mumkin edi, ammo qurilmaning imkoniyatlarini tez safarbar qilmaslik uçun bunday qilmadik”, - deya ma'lum qildi loyihaning yetakçi ilmiy xodimi professor Yun Tszyançen.
Yangi qurilma torpedo yoki kiçik suvosti qayiği şaklida yaratilgan robot bölib, uning maqsadi suvosti relefi, suvning tuzliligi va boşqalarga doir ma'lumotlarni töplaşdan iborat.












