Jarohatlarning eng asosiy sabablaridan biri yiqiliş bölib, bu asosan keksa insonlarda uçraydigan holatdir. Yoş ulğayişi bilan diqqatning yomonlaşuvi vaziyatni yana-da murakkablaştiradi. Aynan yoşi uluğlar uçun yiqiliş xavfidan darak berib, yiqilişdan ogohlantiruvçi sensor tizimi işlab çiqildi.

Organ va inson tizimi umrbod yoş bölib qolmaydi. Kökarişlar, sinişlar, miya çayqalişi — qari insonning salomatligiga jiddiy zarar keltirişi mumkin, axir ular yoşlardan farqli ölaroq yordam çaqirişga ham ojiz bölişadi. Biroq AQŞlik olimlarning kaşfiyoti bunday holatlarga çek qöyişi mumkin. 

Mazkur ixtiro Missuri (University of Missouri) universiteti olimlariga tegişli bölib, kiyimga biriktiriluvçi kiçik datçik va sensorlar tizimidan iborat. U harakat qilişga heç ham halaqt bermaydi. Qurilma qadamlar tezligini, ikkala oyoq qadami orasidagi masofani, bir oyoq orasidagi masofa va vaqtni ölçaydi.  Nima sababdan bu kerak? Tadqiqotçilar aniqlaşiça, bir soniyada qadam taşlaş tezligi 5 sm.ga kamaysa va qadamlar orasidagi masofa qisqarsa  bu yaqin uç hafta içida muvozanatni yöqolişi va qulaş xavfini 86 foizga oşiradi.

Loyiha muallifi Merilin Rants bu ixtiro köplab keksa insonlarni turli jarohatlardan asrab qolişiga umid bildirmoqda. 

Qurilma TigerPlace degan nomni oldi. Ayni damda ixtiro sinovdan muvaffaqiyatli ötdi.  Olimlar esa öz kaşfiyotlarini  AQŞdagi qariyalar uyi va reabilitatsiya markazlariga joriy etişni rejalaştirişmoqda.