Koreyaning Kia kompaniyasi Xitoyda sotiladigan KX3 krossoverini yangiladi. Uning platformasi negizida işlab çiqariladigan Hyundai Creta yaqinda MDH bozorida paydo bölgandi.
Yöltanlamasning kuzovi restaylingdan söng, deyarli butunlay özgargan. Uning bamperi va radiator qafasi şakli ham yangilangan. Bundan taşqari, modeldan gorizontal diodli yoritqiçlar olib taşlangan.
Kia KX3ning orqa tomoni deyarli özgarişsiz qolgan. Birgina, orqa bamper körinişi boşqaroq şakl kasb etgan.

KX3 intererida faqat markaziy konsol özgartirilgan. Salonning boşqa qismi avvalgidek qolgan.
Yöltanlamas, oldingidek, ikkita benzinli 1.6 litr hajmli (havoli va turbo), 125 va 160 ot kuçiga ega dvigatel, bundan taşqari 161-ot kuçli, havoli, 2.0 litr hajmli «tört silindr» motor bilan ham sotuvga çiqariladi.
Kia KX3ning restayling qilingan rusumi 2-sentabr kuni Xitoyning Çendu şahridagi avtoşouda namoyiş etiladi.
Kia mazkur modelini MDH bozorida sotilmaydi.



















