Jamiyat | 14:35 / 01.09.2016
9312
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: Inson o‘zini hammadan yaxshi deb hisoblay boshlasa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hech bir yetakchining xulq-atvorida manmanlik bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi. Davlat rahbari Vladivostokdagi 2-sonli gimnaziya o‘quvchilari bilan bo‘lagn uchrashuvda shu haqida so‘z yuritdi. 

“Kimki yetakchilikka yoki qandaydir mukofotga erishishga harakat qilayotgan bo‘lsa, u hech qachon o‘zini hammadan yaxshi deb hisoblab, manmanlikka berilmasligi kerak. Inson o‘zini hammadan yaxshi deb hisoblay boshlasa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ko‘p narsaga erishishga intilish yaxshi, albatta, lekin manmanlik - yomon”, - dedi Putin. 

Umuman olganda, u gimnaziyadagi yetakchilik fazilatlarini tarbiyalash tizimini ijobiy baholadi. 

Maktab o‘quvchilari ham prezidentdan ko‘p yillar davomida davlatni boshqarish qanday ekanligi haqida savol berishdi. 

“Qanday ekanligini aytmayman, buni odamlar o‘zi kelib, saylovlarda ovoz berib aniqlashadi”, - deya javob berdi Putin. 

Bundan tashqari, davlat rahbari o‘quvchilarga “butun umr bo‘yi o‘qish kerakligi”ni ta'kidladi.
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid