«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasi qiyin vaziyatga tuşib qolgan vatandoşlarga amaliy yordam körsatgan.

Xususan, Vladivostokda oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan A.L., uning turmuş örtoği K.B. va ularning uç nafar voyaga yetmagan farzandini Özbekistonga qaytariş çoralari körilgan.

Oila uçun Özbekiston Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan aviaçiptalar xarid qilingan.

Natijada beş nafardan iborat oila 25 iyul kuni Vladivostok–Yekaterinburg–Toşkent yönalişidagi reys orqali Özbekistonga qaytarilgan.

Boş konsulxona vatandoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga konsullik-huquqiy xizmatlar körsatiş hamda migratsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etiş böyiça işlar davom ettirilayotganini ma’lum qildi.